35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#Deputat_so‘rovi #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati


Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati tomonidan “Shakarqamish” va “Yakkatut” mahallalarida joylashgan 22- va 49-sonli umumta’lim maktablarining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda maktablarda amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik ta’minot, o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganlik hamda mavjud muammo va kamchiliklar haqida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etishda deputatlik ko‘magiga ehtiyoj mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan aniq takliflar berish so‘raldi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube

Slide 1 of 2