Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
🩺 Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda 29-"Allon" saylov okrugi deputati Feruza Salomova hamkorligida "Quyosh" MFY hududida joylashgan 569-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
💡 O‘rganish davomida muassasaning sanitariya-gigiyena holati, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanish tartibi, mahsulotlarning sifati va xavfsizligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
⚖️ Shuningdek, muassasa ma'muriyati va hamshirasi bilan suhbat o‘tkazilib, "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi (2001-yil 11-may, 215-II-son) hamda "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi (2007-yil 3-may, O‘RQ-97-son) qonunlar ijrosi, bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
💎 Muassasa hamshirasi ishtirokida tarbiyalanuvchilarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, xususan, qo‘llarni to‘g‘ri va muntazam yuvishning immunitetni mustahkamlash hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati yuzasidan amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.
📚 O‘rganish ishlari quyidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida amalga oshirildi: 🔹 "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"gi Qonun; 🔹 "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi Qonun; 🔹 "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonun (2001-yil 11-may, 215-II-son); 🔹 "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonun (2007-yil 3-may, O‘RQ-97-son); 🔹 "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonun.
🌈 Bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta'minlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etish hamda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.