35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Deputat va mahalla "Yettilik" vakillarining II chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi
янв.21
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMOZOR TUMANI KENGASHIDA ENG DOLZARB MASALALAR DOIMIY KOMISSIYALAR YIG‘ILISHLARIDA KO‘RIB CHIQILADI
янв.21
"Inson qadri har narsadan ustun" – ezgu tamoyil amalda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev "Xastimom" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Kamala Gulyamova 24-“Sag‘bon” saylov okrugiga qarashli “X.Ko‘xakiy” MFYda sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar hamda “X.Ko‘xakiy” va “A.Shoshiy” mahallalari “yettiligi” vakillari bilan ochiq muloqot olib bordi.

🤝 Uchrashuvda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova, Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari O.Yunusov, tuman MMTB maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi metodisti M.Yakubova, Olmazor tuman MMTB darsliklar bo‘yicha metodist D.Rahimova, tuman Kommunal bo‘limi kotibyat vakillari O.Amanov va R.Yuldashev, "X.Ko‘xakiy" va "A.Shoshiy" MFY yettilik vakillari, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📎 Ijro hokimiyati vakillari ishtirokida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan kommunal xizmatlar sifati, hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash, ta’lim muassasalari faoliyati hamda boshqa dolzarb ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirishlar berilib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ijobiy yechim topdi.

📌 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

✨ Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva sayyor qabul yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarning o‘z vaqtida hamda sifatli ijrosini ta'minlash, har bir masalaga qonunchilik doirasida yondashish, mas'ul tashkilotlar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda aholini qiynayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi. Shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

📚 Mazkur tadbir quyidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida tashkil etildi:
🔹 O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni – mahalliy Kengashlar va deputatlarning vakolatlari hamda hududlarni rivojlantirishdagi parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-913, 20.02.2024) – mahalla fuqarolar yig‘inlari va "Yettilik" faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatlari hamda davlat organlari bilan hamkorligini tartibga soladi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-445, 11.09.2017) – fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va ularning huquqlarini ta'minlash tartibini belgilaydi.

🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, mahallalarda olib borilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil etish va aholi manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan bunday uchrashuvlar hududlarni kompleks rivojlantirish hamda Kengash nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9