Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 23-Tallashqon saylov okrugi deputati Xolmurodov Xayrulla tomonidan Tallashqon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi xonadonlari va hududdagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.
Shuningdek, hududni obod va ozoda saqlash, ko‘chalar hamda umumiy foydalanish joylarining sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit tozaligini ta’minlash borasida tegishli choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan aholi bilan bunday bevosita muloqotlarni muntazam davom ettirish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish va hudud obodligini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil olib borish belgilab olindi.