Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi qarori ijrosi yuzasidan "O‘rikzor" mahallasidagi 4-son umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olinib, "Ko‘chama-ko‘cha yurish" daftariga qayd etildi.