35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda
янв.21
Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputatlar ishtirokida sayyor qabul hamda mahalla "yettiligi"ning II chorak faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
#jarayon
#jarayon

“Chig'iriq” MFY xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi hudud deputati Saydali Niyozovning kotibiyat mutaxassisi N.Jo'raboevalar tomonidan 16-Chig'iriq saylov okrugi hududidagi “Chig'iriq” MFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

❗️O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🔹Jarayonda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, "Ayollar daftari" bilan ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Slide 1 of 3