Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
#nazorat #o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining doimiy komissiya a’zolari va mutaxassislar ishtirokida shahar markaziy shifoxonasida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bilan yaqindan tanishish.
Ishchi guruh tarkibi:
Azamat Mavlonov – Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar,madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi;
Sayfiddin Subanov – Komissiya a’zosi, deputat va nevropatolog-shifokor;
Oybek Qurolboyev – 23-okrug deputati;
Sevar Qodirova – Kotibiyat mudiri;
Muhriddin Begmatov – Bosh mutaxassis.
O‘rganish davomida shifoxonada faoliyat yuritayotgan deputat va shifokor Sayfiddin Subanov tizimdagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Jarayonda:
💊Dorilar zahirasi: Davlat tomonidan ajratilgan bepul dori-darmonlarning mavjudligi va taqsimlanishi.
🛌Sharoitlar: Bemorlarning statsionar (shifoxonada yotib davolanish) sharoitlari.
👩‍⚕️Xizmat sifati: Tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan muomala madaniyati va tibbiy yordam darajasi.

✅Natija:
O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar,madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasiga muhokama uchun taqdim etildi. Mazkur masala komissiya tomonidan nazoratga olingan.

✅Maqsadimiz — har bir fuqaro, ayniqsa alohida ehtiyojga ega shaxslar davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan to‘laqonli va sifatli foydalanishini ta’minlashdir.

Slide 1 of 6