Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Kamalak" oromgohida mazmunli yozgi ta'til davom etmoqda!
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi

🏥 Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Olmazor tumanida joylashgan 2-Tumanlararo Perinatal markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida markazda onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash jarayonlari, zamonaviy tibbiy uskunalar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiyot xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, perinatal markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bemorlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Tashrif yakunida aholi, ayniqsa onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etish hamda tibbiyot muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6