Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda. Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Yaxyayeva Sanoat Shoyunusovna tomonidan haftalik ish rejasiga muvofiq mahalla yettiligi a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla faoliyatining samaradorligini oshirish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida 24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida suhbat o‘tkazildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning murojaatlari "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etildi.

📖 Mazkur uchrashuv quyidagi qonunlar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni — mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat organlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini kuchaytirish hamda hududdagi dolzarb masalalarni birgalikda hal etishni nazarda tutadi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni — fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aholi fikrini inobatga olishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni — deputatning saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi, ularning murojaatlarini o‘rganishi, hududdagi muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishi va tegishli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishdagi vakolatlarini belgilaydi.

🤝 Ochiq muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar davom ettiriladi.
Slide 1 of 5