Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
#jamoatchilik nazorati

Olmaliq shahar “Oydin” dehqon bozorida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mahsulotlar narxini o‘rganish maqsadida navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevara Qodirova hamda bosh mutaxassis Muhriddin Begmatov va bozor ma'muriyati qatnashdilar.

O‘rganish markazida quyidagi masalalar bo‘ldi:
✅Zaxira va ta’minot: Aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi va uzluksizligi;
✅Sanitariya holati: Savdo rastalari hamda bozor hududining tozalik va gigiyena talablariga javob berishi;
✅Narxlar shaffofligi: Mahsulotlar narxlari xaridorlar uchun ko‘rinarli darajada rastalarga ilib qo‘yilganligi.

Tadbir davomida bozor ma’muriyatiga narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslik hamda sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Maqsadimiz — shahrimiz aholisining sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlanishini kafolatlashdir.

Slide 1 of 5