Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Murodov shahardagi Shayxon MFYda bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
O'rganish Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘RQ-989-son, qabul qilingan sana: 2024-yil 5-noyabr. talablari asosida amalga oshirildi.
Shuningdek, "Deputat daftari"ga qayd etilgan murojaat va muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas'ul mutasaddilarga mavjud muammolarni belgilangan muddatlarda hal etish hamda ijrosini qat'iy nazoratga olish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Deputat tomonidan fuqarolar manfaatlarini ta'minlash, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahallalarda ijtimoiy masalalarni tizimli hal etish yuzasidan nazorat ishlari izchil davom ettirilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 2