Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
#_deputat_faoliyati
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi


 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.K.Narbayeva rahbarligida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining sayyor majlisida “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalari muhokamasi to‘g‘risida”gi masala yuzasidan ko‘tarilgan muammolarga ijobiy yechim topish, shuningdek, xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-, 34- va 36-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "3-Charag‘on" saylov okrugi deputati M.Zaripova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritdinov hamda tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida hududda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
 Nazorat-tahlil tadbirlari davomida hududdagi 7- va 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati atroflicha o‘rganildi. Xususan, bolalar qamrovi, tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda oshxona faoliyatining amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida tashkil etilganligi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini, shuningdek, imtiyozli va maxsus kontingent toifasiga kiruvchi bolalarni belgilangan tartibda yo‘llanmalar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish holati o‘rganildi. Mazkur yo‘nalishda yuritilayotgan hujjatlar, qabul jarayonining shaffofligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi.
Slide 1 of 3