Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
Deputat D. Maxmudova O‘zbekiston Respublikasining Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida ”gi №O‘RQ-415 sonli Qonuniga asosan okrug mahallalarida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 2-Charx Kamolon hamda 3-Charx Kamolon mahalla fuqarolar yig‘inlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qo‘llanilishi holati bilan tanishildi.

Tashrif davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, davlat tomonidan ajratilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish holati, reabilitatsiya vositalari hamda boshqa ijtimoiy yordam turlarining o‘z vaqtida va qonunchilikka muvofiq yetkazilishi yuzasidan mas’ul xodimlarning ma’lumotlari tinglandi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi, ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4