Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Deputat mahallada 14-sonli MTMda ta’lim-tarbiya jarayoni va oshxonadagi sharoitlar o‘rganildi

   

14-sonli MTMda
ta’lim-tarbiya jarayoni va oshxonadagi sharoitlar o‘rganildi
 

Maktabgacha
ta’lim muassasalarida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning sifatli
ovqatlanishi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi doimiy nazoratimizda.
 

Mazkur
o‘rganishlar kotibiyat bosh mutaxassisi G.Xudoyqulovaga biriktirilgan 20-Kultepa
saylov okrugi deputati (XDP partiya guruhi a’zosi) G.G‘ulomxonova hududiga
qarashli Kultepa MFYdagi 14-sonli MTMda amalga oshirildi.
 

O‘rganish
natijalari:
 

Sanitariya va
ozodalik: Bog‘cha xonalarining saranjom-sarishta va tozaligi e’tiborga molik.
Har bir xonada bolalar uchun qulay va toza muhit yaratilgan.
 

Oshxona holati:
Oshxona va undagi jihozlarning ozodaligi, sanitariya talablariga to‘liq rioya etilayotgani
aniqlandi.
 

Oziq-ovqat
ta’minoti: MTM mudirasi D.Abdullayeva ma’lumot berishicha, muassasaga
oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda hech qanday muammolar mavjud emas,
barchasi talab darajasida.
 

Bolajonlarimizning
sog‘lom va sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan bunday ijobiy
sharoitlarni saqlab qolish va yanada yaxshilash bo‘yicha monitoringlar davom
ettiriladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)  

Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 8