Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Maxkamov tomonidan oʻziga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i M.Alavitdinov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputat so‘rovida "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 5 va 8-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori talablaridan kelib chiqib, Marg‘ilon shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hamda qamrov darajasi past mahallalar yuzasidan asoslantirilgan ma'lumot taqdim etish so‘ralgan.

Deputat so‘rovi orqali maktabgacha ta'lim qamrovini kengaytirish, hududlardagi ehtiyojni aniqlash hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsad qilingan.

📌 Mazkur deputat so‘rovi ijrosi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1