Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
23-Yakkatut saylov okrugida yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligi masalalari atroflicha o‘rganildi

23-Yakkatut saylov okrugi deputati Sh.Shodmonovga biriktirilgan mas'ul Kotibiyat xodimi L. Murotova okrug hududidagi Bo'rijar mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati, ularning samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishdi.

💬O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiyalar asosida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

💬Shuningdek, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, uyushmagan yoshlarni aniqlash va ularni ta’lim, kasb-hunar hamda mehnat bozoriga jalb etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Deputat tomonidan yoshlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini tizimli hal etish, bandlik ko‘rsatkichlarini oshirish, davlat dasturlari va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida yoshlarning xabardorligini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Shuningdek, mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3