Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT AHOLI MUROJAATINI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugidagi Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘inining Asilobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq bildirilgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ichimlik suvi ta’minotining amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, murojaat sabab va omillari tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashilib, amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Bildirilgan murojaat deputat nazoratiga olinib, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur ishlarni amalga oshirish belgilandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6