Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A. Mo‘minov hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. To‘xtasinov tomonidan Qorashox
mahallasida hokim yordamchisining faoliyati manzilli o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining ko‘magi bilan kredit mablag‘lari
ajratilib, issiqxona tashkil etgan hamda bodring ko‘chatlarini yetishtirish
bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor xonadon faoliyati ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, issiqxonada yaratilgan shart-sharoitlar, bodring ko‘chatlarini
parvarishlash jarayoni, mahsulot yetishtirish hajmi, oilaning doimiy daromad
manbaini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan
tanishildi.


O‘rganish yakunida aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, imtiyozli kredit
mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, yangi daromad manbalarini
yaratish hamda tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
yuzasidan hokim yordamchisiga tegishli tavsiyalar berildi.


Shu bilan birga, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va tavsiyalar “Deputatning
ko‘chma o‘rganish daftari»ga qayd etildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan
mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4