Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

📍Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganish maqsadida Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida o'rganish o‘tkazildi.

📌Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 25-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati A.Karimov nomidan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan amalga oshirildi.

📌O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodimning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari bilan ishlash faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda tegishli elektron axborot tizimlariga ma’lumotlarni kiritish holatlari yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2