Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
#deputat so‘rovi #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati Aholi salomatligi va fuqarolar xavfsizligi — doimiy e’tiborda.

Termiz shahrida qarovsiz yoki egasiz itlar tomonidan fuqarolarning tishlanishi bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish, jabrlanganlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash hamda quturish kasalligining oldini olish masalalari yuzasidan Termiz shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R.Odinayevga 2026-yil 14-oktabrda 218-ds-408-26-son deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda 2025-yil va 2026-yilning o‘tgan davrida itlar tomonidan tishlanish holatlari sababli tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan fuqarolar soni, ushbu holatlarning mahallalar va yosh toifalari kesimidagi statistikasi, jumladan, voyaga yetmagan bolalar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan batafsil ma’lumot so‘raldi.
Shuningdek, jabrlanganlarga ko‘rsatilgan tibbiy yordam, quturishga qarshi emlash kurslarining o‘z vaqtida boshlanishi va to‘liq yakunlanishi, kasallikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hamda xavfli holatlar ko‘p kuzatiladigan hududlarda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur deputatlik so‘rovining asosiy maqsadi — mavjud vaziyatni raqamlar va tahlillar asosida baholash, muammoli hududlarni aniqlash hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida fuqarolar salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishdan iborat.

Aholi salomatligiga daxldor har bir masala deputatlik nazoratida bo‘lishi, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi muhimdir.