Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish, qish mavsumida sinf xonalarini bir maromda isitish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔵Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish, dars mashg‘ulotlarini belgilangan tartibda tashkil etish va maktabda munosib ta’lim sharoitlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mas’ullar ishtirokida isitish tizimi va qozonxonaning texnik holati ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasida isitish tizimi hamda qozonxona soz holatda ekanligi, shuningdek, qish mavsumida ta’lim muassasasini issiqlik bilan ta’minlash uchun zarur ko‘mir yonilg‘isi zaxirasi yaratilgani ma’lum bo‘ldi.

🔵Deputat tomonidan mavsum davomida isitish tizimi va qozonxonaning soz holatda ishlashini ta’minlash, yonilg‘i zaxirasidan oqilona foydalanish hamda ehtimoliy nosozliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralarni muntazam amalga oshirib borish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2