Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Degrizlik” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi A.Sodirovning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan olib borilayotgan muloqotlar hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash jarayonlariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholining kundalik hayotiga taalluqli masalalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasidagi faoliyat o‘rganildi.

Mahalla raisining asosiy vazifalaridan biri fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, mahallada tinchlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, aholini qiynayotgan masalalarga befarq bo‘lmasdan, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishdan iborat. Shu nuqtayi nazardan, o‘rganish jarayonida aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va mahalladagi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlik o‘rganishlari orqali mahalla boshqaruvi faoliyatini tahlil qilish, fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalarni aniqlash va ularning hal etilishiga ko‘maklashish ko‘zda tutiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3