Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi

🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan 2026-yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📍 Mazkur loyiha ta’lim muassasasida “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda o‘quv amaliyotlarini samarali tashkil etish maqsadida o‘quv avtodrom maydonchasini qurishni nazarda tutadi.

🔎 O‘rganish davomida avtodrom maydonchasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, hududning tayyorlanish holati hamda maydonning beton qoplamasi yotqizish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish jarayonining borishi va loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

🚗 Ushbu loyihaning amalga oshirilishi o‘quvchilarga avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, transport vositalarini boshqarish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun muhim imkoniyat yaratadi.

✅ Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning borishini kuzatib borish va belgilangan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1