35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
TIBBIYOT MUASSASALARIDA PULLI XIZMAT KO‘RSATISH TARTIBI BELGILANDI

TIBBIYOT MUASSASALARIDA PULLI XIZMAT KO‘RSATISH TARTIBI BELGILANDI

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

⚖️ Mazkur qaror bilan tibbiyot muassasalarida pulli tibbiy xizmatlarni tashkil etish, xizmatlar tariflarini shakllantirish, pulli xizmatlardan tushgan mablag‘lardan foydalanish, mijozlarni qabul qilish hamda ular bilan shartnomalar tuzish tartibi belgilandi.

🔹 Pulli xizmat qachon ko‘rsatiladi?
📍 Mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz, o‘z xohishiga ko‘ra tibbiyot muassasasiga murojaat qilganida, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi.
📍 Davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari xizmatlar qo‘shimcha xizmat hisoblanib, pulli asosda ko‘rsatilishi mumkin.

💳 To‘lov tartibi
Tibbiy xizmat uchun to‘lov tasdiqlangan narxnoma asosida amalga oshiriladi. Mijozlar, odatda, tibbiyot muassasasiga murojaat qilishdan oldin xizmat haqini to‘liq to‘lash shartlarida qabul qilinadi. To‘lov bank, nazorat-kassa apparati, terminal yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

🛡 FUQAROLAR HUQUQLARI MUHIM!
❗️ Aholiga qonunchilikda belgilangan bepul tibbiy xizmatlarni asossiz ravishda pulli xizmat sifatida taklif etish mumkin emas.

📋 Tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash, xizmatlar narxlari haqida aholiga ochiq va tushunarli ma’lumot berish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega.

🤝 Sifatli tibbiy xizmat — inson salomatligi va huquqlarini ta’minlashning muhim kafolatidir!

📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori.