35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Qizinavr mahallasida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Qizinavr mahallasida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish ishlari o‘rganildi

✅ Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi F.Tursunqulovga biriktirilgan 25-Machay saylov okrugidagi Qizinavr mahallasida olib borilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari tuman Kengashi deputati H.Eshonqulov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026-yil 6-yanvardagi VII-17-1-8-0-K/26-son “2026-yilda “Zarbdor” tajribasi asosida sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi loyihalarni ishlab chiqish hamda viloyatni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiq amalga oshirilmoqda.

✅ Unga ko‘ra, Boysun tumanining “Yuqori Machay”, “O‘rta Machay” va “Qizilnavr” mahallalari hududlarini turistik zonaga aylantirish, buning uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.

✅ Mazkur loyiha doirasida hududning transport va turizm infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 17,8 kilometr avtomobil yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish hamda yo‘l infratuzilmasini zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirish uchun 100 dona quyosh panellari bilan ishlovchi tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

✅ O‘rganish davomida Qizinaur mahallasida olib borilayotgan asfaltlash ishlarining borishi, yo‘l qoplamasining sifati va ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilishi holatiga e’tibor qaratildi.

✅ Bunday loyihalarning izchil amalga oshirilishi hududlarning transport infratuzilmasini yaxshilash bilan bir qatorda, turizm salohiyatini oshirish, yangi imkoniyatlar yaratish va aholi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5