35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
“Bog‘i Eram” istirohat bog‘idagi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman markazida barpo etilayotgan istirohat bog‘ining qurilish ishlari o‘rganildi

🟢O‘rganish davomida bog‘ hududida amalga oshirilayotgan ishlar, obyektlarning tayyorgarlik holati va hududni aholi uchun yanada qulay hamda zamonaviy ko‘rinishga keltirish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Ayni paytda istirohat bog‘ida ko‘kalamzorlashtirish, bruschatka yotqizish, mavjud darvozalar va obyektlarni bo‘yoqlash ishlari jadal davom etmoqda. Hududni obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, bog‘ning umumiy qiyofasini yanada yaxshilashga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.

🟢Ko‘kalamzorlashtirish ishlari orqali bog‘ hududida yashil maydonlarni ko‘paytirish, aholi va mehmonlar uchun sog‘lom hamda xushmanzara muhit yaratish maqsad qilingan. Shuningdek, piyodalar harakati uchun bruschatka yotqizilishi hududda yurish uchun qulay va tartibli yo‘laklar shakllantirishga xizmat qiladi.

🟢Deputat tomonidan bajarilayotgan ishlar sifatini ta’minlash, obodonlashtirish jarayonida hududning umumiy ko‘rinishiga uyg‘unlikka e’tibor qaratish, foydalanilayotgan qurilish materiallarini sifatli tanlash hamda ishlarni belgilangan talablar asosida yakuniga yetkazish muhimligi ta’kidlandi.

🟢Mazkur ob’yektda olib borilayotgan qurilish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarining sifati hamda o‘z vaqtida yakunlanishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 6