35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Deputat so‘roviga asosan murojaat o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan Katta Do‘mbirobod mahallasi Do‘mbirobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida “Do‘mbirobod ko‘chasi” jamoat transport bekatini zamonaviy bekat majmuasi bilan ta’minlash hamda uning atrofini asfaltlash masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan masala joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, Do‘mbirobod ko‘chasidagi jamoat transport bekatini o‘rnatish va uning atrofini asfaltlash ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasining Yo‘l xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgani hamda murojaatda ko‘rsatilgan muammolar bartaraf etilgani ma’lum qilindi.
Bu kabi deputat so‘rovlari orqali fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlarni joyida o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5