35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Kengash_faoliyati

kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_qonun

Bandixon tumani hududida suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘orish tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom etmoqda.

So‘nggi yillarda suv tanqisligi global muammoga aylanib borayotgan bir sharoitda, mavjud suv manbalarini asrash va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda tumanda aniq reja va amaliy chora-tadbirlar asosida sug‘orish infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu qonunda suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish, sug‘orish tarmoqlarini samarali boshqarish hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 16-"Qaldirg'och" saylov okrugidan saylangan deputat Qudratov Davron Qo'ldoshevich, Bandixon tuman SEBX DM direktori vvd Bosh Gidrotexnik E.Tashanov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Qaldirg'och" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Bandixon tumanida ichki ariqlar va kanallarni betonlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar suvning yerga singib ketishi va ortiqcha yo‘qotilishini oldini olish, suv oqimini tartibga solish hamda ekin maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Bu kabi ishlar nafaqat suv infratuzilmasini yaxshilash, balki amaldagi qonunchilikda belgilangan suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish talablarini hayotga tatbiq etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda betonlash ishlari tumanning "Qaldirg'och" mahallasi hududidagi ichki ariqlarda davom ettirilmoqda. Mazkur loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazorati izchil olib borilib, amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.

Betonlashtirilgan kanallar orqali:

✅Suv yo‘qotilishi keskin kamayadi;
✅Sug‘orish samaradorligi ortadi;
✅ Ekin maydonlari o‘z vaqtida va yetarli miqdorda suv bilan ta’minlanadi;
✅ Hosildorlik oshadi;
✅ Fermer va dehqonlarning daromadi ko‘payadi.

Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 3