35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

Bandixon tumanidagi "Gulbog'" mahallasida deputatlik nazorati doirasida "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 15-"Gulbog" saylov okrugi deputati I.Xalmatovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov Navro'z mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi va "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdilar.

✅O‘rganish davomida ijtimoiy xodim faoliyati alohida e’tiborga olinib, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅Mazkur faoliyat "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etilishi, fuqarolarning ehtiyojini o‘z vaqtida aniqlash va ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

✅Shuningdek, "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham o‘rganishlar o‘tkazildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Deputat nazorati – qonunlar ijrosi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.

Slide 1 of 3