Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan Andijon pedagogika texnikumida ustozlar va xodimlar ishtirokida “Siyosiy ma’rifat soati”ning 33-soni bilan yaqindan tanishildi.
Unda mamlakatimizdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi dolzarb ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur tadbir jamoaning so‘nggi yangiliklardan xabardorligini oshirish hamda siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.