35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
24-TAVSIYA: HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 17-Yangi hayot saylov okrugi deputati Sadatov Mustafo Mengliyevich tomonidan hududda hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish, ishsiz va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarning murojaatlari hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva ham ishtirok etdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1