35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Faravon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida inklyuziv ta’lim uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov ham ishtirok etdi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, “Ishonch-2030” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyiha doirasida o‘quvchilar harakatlanishi uchun moslashtirilgan yo‘laklar tashkil etilgani qayd etildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilida inklyuziv ta’lim oluvchi bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 45 dona quloqchin va 60 dona noutbuk keltirilgani ma’lum qilindi.
Deputat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlarning amaliy holati, jihozlardan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun qulay muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish, barcha bolalar uchun teng imkoniyat va sifatli ta’lim muhitini yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5