35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
#Biriktirilgan tashkilot

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, qulayligi va o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonining tezkorligi hamda navbatlarni tartibga solish tizimi ko‘zdan kechirildi. Xususan, fuqarolarning ortiqcha vaqt yo‘qotishining oldini olish maqsadida o‘rnatilgan elektron navbat olish qurilmalari va avtomatlashtirilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarining belgilangan tartib va tariflar asosida ko‘rsatilishi, fuqarolarga xizmatlar narxi hamda to‘lov tartiblari haqida yetarli va tushunarli ma’lumotlar berilayotgani tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aholiga davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va shaffof tarzda ko‘rsatish, fuqarolarning murojaatlarini ortiqcha ovora qilmasdan ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy ravishda oshirib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 5