35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani o‘rganish.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ishtirokida Tuman tibbiyot birlashmasining 3-sonli oilaviy poliklinikasi Ozod Buxoro filiali faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sessiya kun tartibiga kiritilgan dori-darmon vositalarini xarid qilish, tibbiy asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqsimlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, tibbiyot muassasasining dori-darmon bilan ta’minlanganlik holati, xaridlar bo‘yicha hujjatlarning yuritilishi, tibbiy asbob-uskunalarning mavjudligi va ulardan samarali foydalanish darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasadagi mavjud va bo‘sh ish o‘rinlari, ularni mutaxassislar bilan ta’minlash masalalari ham tahlil qilindi. 42-ta bepul dori -darmonlar borligi haqida ma'lumot berildi hozirgi kunda mahalliy fuqarolardan saxir hamda gipertoniya kasalliklari ko'p uchrayotgani bevosita tahlil jarayonlarida aytildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5