35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
AHOLI MUROJAATI MANZILLI O‘RGANILDI

 AHOLI MUROJAATI MANZILLI O‘RGANILDI. 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati B.Abduraximov, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi
rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar
tomonidan Gulobod mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” a’zolari
ishtirokida Do‘stlik-2 ko‘chasi aholisining murojaati manzilli o‘rganildi.
 

Muloqot davomida fuqarolar ko‘chada asfalt qoplamasi mavjud emasligi,
ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlari bu holat aholi uchun qator noqulayliklar
keltirib chiqarayotganini bildirdilar.
 

Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida mahalla mas’ullariga zarur
hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, tuman hokimligiga taqdim
etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, ko‘chani asfaltlash
masalasini tuman hokimligi huzuridagi Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi
bildirildi.
 

Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi Kengash tomonidan nazoratga olinishi ta’kidlandi. 

Murojaat “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, uning ijrosi
deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4