Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Fuqarolar qabulidan so‘ng, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov okrugiga qarashli “Majnuntol” mahallasida bo‘lib, hududdagi ichki yo‘llarning holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi Iso at-Termiziy hamda Furqat ko‘chalaridagi yo‘l qoplamalarining holati, harakatlanish uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘l atrofidagi hududlarning obodonlashtirilganlik darajasi hamda mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ushbu ko‘chalarda istiqomat qiluvchi aholining fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Mahalladagi ichki yo‘llarning soz holatda bo‘lishi nafaqat aholining kundalik harakatlanishi, balki tez tibbiy yordam, yong‘in xavfsizligi va boshqa xizmatlarning hududga o‘z vaqtida yetib borishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois mazkur masalalar deputatlik nazorati doirasida o‘rganilib, aniqlangan muammolar deputatning murojaat daftariga qayd etilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilanib olindi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan hududlarda aholi murojaatlari asosida aniqlanayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning amaliy yechimini ta’minlash va fuqarolar uchun qulay muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2