Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

 Qonun ijrosi o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati J. Axmedov Ittifoq mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-sonli “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rgandi. 

O‘rganish davomida Ittifoq mahallasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda salbiy illatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Mazkur yo‘nalishda mahalla profilaktika inspektori hamda tuman Kengashi deputati J. Axmedov ishtirokida voyaga yetmagan yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida yoshlarning huquq va majburiyatlari, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi, turli huquqbuzarlik va jinoyatlarga aralashib qolishining oldini olish, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

Uchrashuvda yoshlarni vatanparvarlik, qonuniylik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash borasida hamkorlikdagi profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni doimiy nazoratga olish va aniqlangan muammolarni mahalla, mutasaddi tashkilotlar hamda mas’ul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi. 

   

Slide 1 of 1