Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Termiz shahar mahalliy budjetining 2026-yil 1-yarim yillik ijrosini tasdiqlash to‘g‘risida;
Termiz shahar mahalliy budjetining 2026-yil II chorak daromadlar rejasining ortirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha Davlat aktivlarini xususiylashtirishdan mahalliy budjetlarga tushadigan tushumlar hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
2026-yil mahalliy budjetidan budjet tashkilotlariga ajratilgan mablag‘larning maqbullashtirilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushadigan tushumlar hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Toshov tomonidan batafsil hisobot berildi.

Hisobot doirasida mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi, qo‘shimcha shakllangan mablag‘lardan foydalanish, shuningdek, mavjud moliyaviy resurslarni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli xulosalar shakllantirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalarni Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilab olindi.

Slide 1 of 2