Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Nazorat tadbirlari davomida Islom Karimov ko‘chasi va 7x7 ko‘chalari kesishmasi hududida ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya sababli toza ichimlik suvi uzoq vaqt davomida oqib, isrof bo‘layotgani, hududning sanitariya holati yomonlashib, fuqarolar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

Shuningdek, mazkur avariya oqibatida ichimlik suvi bosimi pasayib, mahalla aholisining suv ta’minotida uzilish va yetishmovchilik muammolari yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Deputat so‘rovida:
✅ ichimlik suvi quvuridagi avariyani zudlik bilan bartaraf etish;
✅ avariya yuzaga kelgan joyni to‘liq ta’mirlash;
✅ ichimlik suvi yo‘qotilishining oldini olish;
✅ amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🔹 Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.