Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Marg'ilon mahallasida o'rganish olib borildi

#24_ta_muhim_masala #deputat_daftari #yoshlar_maslahat_guruhi
🖥Marg'ilon mahallasida o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Boratov Sherxon Abduqaxxorovich saylangan 3-Sharshara saylov okrugida tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Abduxamid Eminjonov hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zolari tomonidan Marg‘ilon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolarining faoliyati, shuningdek, hududda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, mahallada elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha beton tayanch ustunlar o‘rnatish hamda transformator punkti ajratish zarurligi mahalla raisi tomonidan bildirildi.
Shuningdek, Marg‘ilon mahalla fuqarolar yig‘ini binosi hozirgi kunda “Fergana-Oseana” MCHJga qarashli paxta punkti balansidagi binoda joylashganligi aniqlandi. Mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangi bino qurish maqsadida viloyat hokimligining tegishli qaroriga asosan yer maydoni ajratilgan bo‘lib, ayni vaqtda yangi bino loyihasini ishlab chiqish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4