Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, yog‘, go‘sht, sabzavot va boshqa kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narxlari monitoring qilinib, ularning aholiga yetkazib berilish holati atroflicha tahlil etildi.

Shuningdek, savdo rastalarida mahsulotlarning sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda sotuvchilar tomonidan belgilangan narxlarning asosliligi yuzasidan ham o‘rganishlar olib borildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish, mahsulotlar yetkazib berilishini barqaror ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish yuzasidan takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish, aholi uchun qulay va barqaror narx siyosatini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1