Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati
O. Egamberdiyeva tomonidan Do'stlik mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi bilan ochiq muloqot olib borish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning taklif va tashabbuslarini tinglashdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan batafsil o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi, ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar haqida ham ma’lumot berildi. Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning aksariyati mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va aholi bandligini oshirishga qaratilgani alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida deputat O. Egamberdiyeva tomonidan saylovchilar bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda davom ettirish, har bir murojaatni e’tibor markazida saqlash hamda aholining muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Slide 1 of 1