Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan Kengashning ish rejasi ijrosi yuzasidan Parkent tumanida qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “ZERO-WASTE” MChJ Parkent tumani filiali faoliyati bilan tanishildi. Korxona rahbari o‘rinbosari Sanjar Shukraliyevning ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda korxonada 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda. Korxona tasarrufida 17 ta maxsus chiqindi tashuvchi texnika, 224 ta chiqindi konteyneri hamda 3 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi mavjud.Korxonadagi barcha maxsus transport vositalariga masofadan turib onlayn nazorat qilish imkonini beruvchi GPS qurilmalari o‘rnatilgan. Mazkur tizim chiqindilarni belgilangan reja-grafik asosida olib chiqish, transport vositalari harakatini nazorat qilish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.Ma’lum qilinishicha, bir sutkada tuman hududidan o‘rtacha 240 kub metr qattiq maishiy chiqindi olib chiqib ketilmoqda.Parkent tumani hududidagi 53 ta mahalladan qattiq maishiy chiqindilar tasdiqlangan reja-grafik asosida “Signal” usulida muntazam ravishda olib chiqib ketilmoqda.Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 24-martdagi VII-30-33-10-0-K/26-sonli qaroriga asosan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholi uchun bir kishiga bir oyga 10 864 so‘m, yuridik shaxslar uchun esa 1 kub metrga 97 316,80 so‘m miqdorida yagona tarif belgilangan.Tuman hududidagi abonentlarga sanitariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha majburiy to‘lovlarni hisoblash va hisobini yuritish ishlari yagona elektron “TOZA MAKON” billing tizimi orqali amalga oshirilmoqda.“ZERO-WASTE” MChJ Parkent tumani filiali ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga aholi debitor qarzdorligi 1,782 mlrd so‘mni, kreditor qarzdorlik esa 854,2 mln so‘mni tashkil etgan.Bir oylik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisoblangan mablag‘ miqdori QQS bilan 1 404,9 mln so‘mni tashkil etadi.O‘rganish davomida tuman hududida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, maxsus texnikalardan samarali foydalanish,xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda chiqindilarni boshqarish tizimining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining belgilangan ish rejasi ijrosi doirasida deputatlik faoliyatini amalga oshirish, hududdagi sanitariya-obodonlashtirish holatini o‘rganish va tegishli tashkilotlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga qaratildi.  

Slide 1 of 3