Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish va nazorat qilishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugida ushbu doimiy komissiya a’zosi N. Akbarovaga biriktirilgan Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda, kichik inspektor Sh. To‘rayev hamrohligida olib borildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi O‘RQ-790-sonli “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining joylarda ijro etilishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur qonunning asosiy maqsadi aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Unda qonuniylik, insonparvarlik, inson hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligi, oshkoralik, axborotning o‘z vaqtida va ishonchli yetkazilishi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini oldindan ko‘rish muhim prinsiplar sifatida belgilangan.

Nazorat davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tashkil etish, xavfli holatlarni barvaqt aniqlash, tegishli tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qonunda qayd etilganidek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish — bunday vaziyatlar yuzaga kelish xavfini imkon qadar kamaytirish, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini asrash, atrof-muhitga yetkaziladigan zarar hamda moddiy talafotlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir.

Shu boisdan, bu boradagi ishlarni faqat favqulodda holat yuz bergandan keyin emas, balki uning oldini olish, xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish nuqtayi nazaridan tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6