Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L. Ergasheva hamda Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolovlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.01.2026 yildagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-sonli Qarorining tumanda ijrosini ta’minlash maqsadida Aleli mahallasi hududidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quv xonalari va mavjud shart-sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Maktabda o‘quvchilar uchun munosib ta’lim muhiti yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, maktab kutubxonasining faoliyati bilan tanishilib, undagi adabiyotlar fondi, o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, badiiy va ilmiy adabiyotlardan samarali foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.
📌Mas’ullarga maktabning o‘quv yiliga puxta tayyorgarligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda kutubxona faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📌Bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida hal etish, o‘quvchilar uchun yanada qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5