Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

2026-yil 12-avgust kuni soat 14:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi N. Dusmurodov raislik qildi.
Kun tartibidan quyidagi muhim masalalar o‘rin oldi:
🔹 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi;
🔹 Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining tumandagi ijrosi.
Yig‘ilish davomida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning tumandagi ijrosini o‘rganish maqsadida deputatlik savolnomasi ishlab chiqildi.
📋 Mazkur savolnoma orqali davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonun talablariga rioya etilishi, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini baholash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5