Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat D. Jabborova tomonidan Sanchiqul MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli Luiza To‘rayevaning faoliyati, xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish borasidagi ishlari ko‘zdan kechirildi.
📊 Mahallada jami 2 280 nafar ayol istiqomat qiladi. Shundan 18 nafari mehnat migratsiyasida ekani, 30 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgani aniqlandi. Mazkur xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va bandligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Sanchiqul MFY fuqarosi Toshboyeva Nargizaning murojaati ham o‘rganildi. Murojaatda fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish masalasi ko‘tarilgan.
Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinib, masala joyida ijobiy yechim topdi.
📌 Deputatlik faoliyatida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlarini amaliy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 4