Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasida tashkil etilgan Sidqiy Xondayliqiy nomidagi kutubxona faoliyati va unda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Kutubxonaga Sidqiy Xondayliqiy nomi berilishi ham alohida ma’naviy ahamiyatga ega. Sidqiy Xondayliqiy (1884–1934) — hozirgi Bo‘stonliq tumani Xondayliq qishlog‘ida tug‘ilgan shoir, xattot va tarjimon bo‘lib, o‘zidan boy adabiy va ma’naviy meros qoldirgan. U arab va fors tillarini o‘rgangan, xattotlik san’ati bilan shug‘ullangan hamda she’riy va nasriy asarlar yaratgan.

2025-yilda Sidqiy Xondayliqiyning ijodiy merosini qamrab olgan “Sidqiy Xondayliqiy: Saylanma” asari nashr etilgan. Unda shoirning “Tuhfai Shavkat”, “Savhoti Shavkat”, “Mezoni shariat”, “Tazkirai Imom A’zam”, “Toza hurriyat”, “Rabotchilar kelishi”, “Rusiya inqilobi” kabi asarlari, shuningdek, qo‘lyozma merosidan namunalar jamlangan.

🔺Kutubxona fondida Sidqiy Xondayliqiy ijodiga oid adabiyotlarning bo‘lishi, avvalo, mahallada yashovchi yoshlar va kitobxonlarga o‘z yurtidan yetishib chiqqan ijodkor hayoti va merosini o‘rganish, milliy adabiyotga qiziqishni oshirish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘rganish jarayonida kitob fondini yanada boyitish, ayniqsa, zamonaviy badiiy adabiyotlar, bolalar adabiyoti, ilmiy-ommabop nashrlar, tarixiy va ma’rifiy kitoblar bilan to‘ldirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, kutubxonada “Sidqiy Xondayliqiy merosi” burchagini tashkil etish, unda shoirning hayoti, ijodi, asarlari, xattotlik faoliyati va adabiy merosi haqida ma’lumotlar joylashtirish orqali mahalladagi yoshlarning milliy adabiyot va tarixiy-madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2