Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
ITTIFOQ MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

 ITTIFOQ MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, o‘zi
saylangan Ittifoq mahallasida Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi
rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov bilan
birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish mahallaning Do‘stlik ko‘chasida o‘tkazildi, u yerda ko‘chaboshi
F.Mirzayev bilan birgalikda ko‘cha muammolari yuzasidan suhbatlashildi.
 

Ko‘chaboshi va aholi bilan suhbat davomida xonadonlar orasidan o‘tkazilgan yuqori
kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i masalasi ko‘tarildi va aholi
xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy xavflarning oldini olish maqsadida yuqori
kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini aholi xonadonlaridan tashqari,
xavfsiz yo‘nalish orqali o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.
 

Mazkur masala tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga yetkazildi.
Korxona rahbari tomonidan ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli
choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
 

Aniqlangan muammolar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi
hamda ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4