Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI: CHARX KAMOLON-2 MAHALLASIDAGI BOLALAR O‘YINGOHIDA TA’MIRLASH VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI BOSHLANDI

Fuqarolar murojaatlari asosida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Charx Kamolon-2 mahallasidagi 3 va 4-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan bolalar o‘yingohi holati joyiga chiqib o‘rganilgan hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xamrayev Kamol Kazimovich nomiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.⬇️

https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/746

Mazkur deputat so‘rovi ijrosi doirasida hududda bolalar o‘yingohini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amaliy bosqichga o‘tkazildi.

Hozirgi kunda o‘yingoh hududida eskirgan va nosoz holatga kelgan o‘yin uskunalarini demontaj qilish, maydonni rekonstruksiya qilish, zamonaviy va xavfsiz bolalar o‘yin uskunalarini o‘rnatish, sport maydonchasini tartibga keltirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlari boshlangan.

Mazkur ishlar fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish, bolalar va yoshlar uchun xavfsiz hamda zamonaviy dam olish va sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna mazkur ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan deputatlik nazoratini davom ettirmoqda.

Slide 1 of 3